6 Январ 2022 йил 1291

Toshkent shahar YHXB xodimlari gaz to`ldirish stantsiyalarida profilaktik tadbirlar o`tkazmoqdalar

Toshkent shahar IIBB YHXB transport vositalarining texnik holatining nazoratini tashkil qilish bo`limi xodimlari poytaxtda gaz ballonlarini portlashi bilan bog`liq holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o`tkazmoqdalar. Jumladan, YPX inspektorlari avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalari rahbarlari va mas’ul xodimlari, shuningdek yo`l harakati qatnashchilari orasida tushuntirish ishlarini o`tkazdilar. Аvtotransport vositalari egalariga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi to`g`risida, o`rnatilgan gaz ballonlarini o`z vaqtida tekshiruvdan o`tkazish kerakligini, belgilangan me`yordan ortiq gaz to`ldirmaslikni eslatdilar. YHXB xodimlari haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o`tkazib, transport vositasini parvarishlash, texnik holatni doim nazorat qilib borish bo`yicha tavsiyalar berdilaryu

Аvtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalari rahbarlari va ishchilaridan barcha belgilangan me’yor va qoidalarga amal qilish, O`zbekiston Respublikasining davlat standartlari talablariga muvofiq bo`lmagan gaz ballonlarini gaz bilan to`ldirmaslik to`g`risida tilxatlar olindi. 

Барча янгиликлар

Text to speech