17 Феврал 2022 йил 1935

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xizmati xodimlari “gashishni” noqonuniy saqlash bilan bog`liq faktni aniqladilar

14-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB xodimlari Toshkent shahar IIBB JQB tezkor vakillari bilan birgalikda maxsus tadbirlar o`tkazib, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof tarzda saqlash bidan bog`liq faktni aniqladilar. Chilonzor tumanida joylashgan kafening yonida 32 yoshli muqaddam sudlangan qo`shni davlat fuqarosi Tursunboy M. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomobil to`xtatildi. Xolislar guvohligidagi tekshiruv davomida 37 yoshli Аlijon Yu.ning yonidan 898 gr., avtomobilidagi magnitola ostidan esa 1,2 gr. “gashish” topildi.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Барча янгиликлар

Text to speech