5 Феврал 2022 йил 1208

Fuqarolarning murojaatlari – Shayxontohur tumani 3-sektori rahbarining diqqat markazida

Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig`i polkovnik Oybek Murodov 3-sektor hududida joylashgan “Sarxumdon” mahallasida sayyor qabul o`tkazdilar. Qabul davomida yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy yoshlarning murojaatlari tinglandi.
30 nafar fuqarolar turli xil masalalar bo`yicha murojaat qildilar. Ishga joylashish, sog`liqni saqlash, turar joy-kommunal xo`jaligi, kredit olish, OTM kontraktlarini to`lash masalalari ko`tarildi. Tadbir davomida shuningdek yoshlarning murojaatlari tinglandi. Ikki nafar yoshlarga kontraktni to`lashda yordam ko`rsatildi, yana ikki nafar yoshlarga mutaxassislikni egallash uchun o`qishga yo`nalish berildi, bir kishiga zarur texnika ajratildi.
Tadbir davomida 16 dan ortiq yigit va qizlarning murojaatlari tinglandi. Qabulga kelgan yigitlarga harbiy xizmatni o`tash uchun sertifikatlar berildi. Bundan tashqari, tumanda yashovchi bir yigit buxgalterlik kurslariga yo`llanma oldi va unga ham zarur texnika ajratib berildi.
Uchrashuv davomida kelib tushgan qaolgan murojaatlar bo`yicha tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal qilish bo`yicha muayyan muddatlar belgilandi.

Барча янгиликлар

Text to speech