17 Yanvar 2023 Yil 533

#fotofakt

Ob-havoning yomonlashishi munosabati bilan poytaxtning bir qator tumanlarida gaz va elektr taʼminotida muammolar yuzaga keldi. Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida Ichki ishlar vaziri boshchiligida ishchi guruhlar tashkil etildi. Ularning tarkibiga IIV, Toshkent shahar IIBB, tumanlar IIO FMB masʼul xodimlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlari, elektr tarmoqlari ishchilari va boshqa manfaatdor idoralar vakillari kiritildi. Ishchi guruh oldiga qish mavsumida elektr energiyasini uzatishdagi uzilishlarni, shuningdek boshqa kommunal va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech