Ichki ishlar xodimlari firibgarni issiq izdan qo`lga oldilar
Yashnobod tumani IIO FMBga 31 yoshli Javohir N. murojaat qilib, Farg`ona yo`li ko`chasida noma’lum shaxs uning 11 yoshli o`g`li Bobur X.ning ishonchiga kirib, 2.000.000 so`mlik telefonini qo`ng`iroq qilish uchun olib, Boburning chalg`iganidan foydalanib voqea joyini tark etganini ma’lum qildi. Ko`rilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida IIO xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqladilar. Gumonlanuvchi – muqaddam Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumanilik 24 yoshli Bobur M. ekanligi ma’lum bo`ldi. Maxsus tadbirlar davomida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo`ling. Аgar sizdan qo`ng`iroq qilish uchun telefoningizni so`rashsa, uni birovning qo`liga bermasdan, o`zingiz kerakli xabarni yetqazib qo`yishingizni ayting.