22 Март 2022 йил 2128

Firibgarlik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Yakkasaroy tumani IIO FMBga 18 yoshli Artyom Ch. murojaat qilib, 9-mart kuni soat 15.00 larda qo‘ng‘iroq qilib olish uchun narxi 300 AQSh dollari turadigan telefonni so‘ragan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Artyomning chalg‘iganidan foydalangan shaxs telefon bilan birga g‘oyib bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu 27 yoshli Aleksandr T. bo‘lib chiqdi. Tergov ishlari davom etmoqda.
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Ogoh bo‘ling!

Барча янгиликлар

Text to speech