15 Апрел 2022 йил 1494

Firibgarlik holati yuzasidan Yakkasaroy tumani IIО FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yakkasaroy tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 37 yoshli Sherzod U. 31 yoshli Abdug‘ani N.dan 9 dona tikuv mashinalarini jami 59.000 AQSH dollariga baholab, pullarini 6 oy ichida to‘lab berishga kelishib olgan. Biroq tikuv mashinalarini olgan Sherzod va’dasini bajarmadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech