12 Апрел 2022 йил 1601

Firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 40 yoshli Jahongir N. 37 yoshli Bobur A.ga birga biznes tashkil etishni, loyihaga sarmoya kiritishni, ya'ni poytaxtdagi bog'lardan biriga yangi attraksionlar sotib olib, o‘rnatishni taklif qilgan. Buning uchun Bobur A. Jaxongir N.ga 60.000 AQSH dollari bergan, ammo pulni olgach Jaxongir va’dasini bajarmagan. Pullarni o'z ehtiyojlari uchun sarflagan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz ushbu shaxsning qilmishidan jabrlangan bo'lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 102, +99899 862-02-00, +99898 121-35-30.

Барча янгиликлар

Text to speech