15 Ноябр 2022 йил 883

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatdagi ma’rifiy tadbirda “Eng yaxshi profilaktika inspektori” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Mazkur faoliyat soha xodimlarining umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy-intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida “Vatan bayrog‘ini g‘urur bilan ko‘taramiz” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasining yuridik fanlar bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent podpolkovnik Umid Qodirov shaxsiy tarkib oldida ma’ruza qildi.
Uning aytishicha, istiqlol yillarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i nafaqat yurtimizda, balki uning chegaralaridan tashqarida ham haqli ravishda hurmat qozongan. Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i 1992-yil 2-martdan boshlab BMT qarorgohi oldida, mamlakatimiz a’zosi bo‘lgan nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bayroqlari ustunlarida tinchlik va osoyishtalik timsoli bo‘lgan yuzlab bayroqlar qatorida hilpiramoqda.
Tadbir davomida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Barcha test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yaxshi profilaktika inspektori Yakkasaroy tumani IIOFMB 2-sonli IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Hoshimxo‘ja Usmonov deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Yangihayot tumani IIOFMB 1-sonli IIB profilaktika inspektori, kapitan Jamshidbek Xasanov, uchinchi o‘rinni esa Yunusobod tumani IIOFMB 4-sonli IIB profilaktika katta inspektori podpolkovnik Farxod Xoliqulov qo‘lga kiritdi. Yig‘ilganlarning olqishlari ostida g‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

Барча янгиликлар

Text to speech