19 Март 2022 йил 1906

Dolzarb mavzudagi seminar

Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt hududida diniy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tezkor va profilaktik tadbirlarni ko‘lamini kengaytirish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish yo‘nalishida targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish, yoshlar orasida diniy muhitni sog‘lomlashtirish, ayniqsa radikallashuvni oldini olish maqsadida, Toshkent shahar xokimligi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda, Shayx Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq masjidining katta zalida seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga diniy ulamolar, Toshkent shahri hududida joylashgan barcha masjidlarning imom xatiblari taklif etildi.
Tadbirda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va amaldagi ijrosi yuzasidan tushunchalar berilib, fikr mulohazalar almashildi. Shuningdek, diniy ma'rifatni salmog‘ini oshirish maqsadida, masjidlar barobarida o‘rta va oliy ta'lim muassasalarida, ayniqsa aholi orasida axloqiy, aqidaviy va fiqhiy mavzularda targ‘ibotni amalga oshirish orqali yoshlarimizni ekstremistlar va har xil oqimlar g‘oyaviy targ‘ibotchilari ta'siridan saqlab qolish.

Барча янгиликлар

Text to speech