Ichki ishlar organlarida xizmat qilish gohida hayot uchun xavf-xatar bilan bog`liq. Shuning bois mazkur kasbni tanlagan odamlarda hamkasblariga bo`lgan ishonch bo`lishi muhimdir. Toshkent shahar IIBBda faxriylar, iste’foga chiqqan xodimlar, xizmat davomida og`ir jarohatlanganlar, xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo`lgan xodimlarning oila a’zolariga katta e’tibor qaratiladi.
Jumladan, O`zbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida poytaxt IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo`lgan YHXB 2-batalyoni YPX katta inspektori leytenant Qosimov D. va YPX kichik kinolog-inspektori katta serjant Nishanov K.ning oila a’zolaridan xabar oldilar. Xonadon vakillariga poytaxt IIBB nomidan minnatdorchilik xatlari va esdalik sovg`alari topshirildi.
IIBB JTSB xodimlari xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo`lgan xodimlarning oialalariga muntazam ravishda turli yordam ko`rsatilmoqda.