4 Феврал 2022 йил 2087

Chilonzor tumanida sayyor sud o`tkazildi

Chilonzor tumani 164-son o`rta maktabida tuman jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi O. Muhammadiev raisligida probatsiya xizmati tomonidan tashabbus qilingan sayyor sud o`tkazildi.
Sud davomida Chilonzor tumani IIO FMB probatsiya xizmati nazorati ostida bo`lgan 1 kishi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga muvofiq jazoni o`tashdan shartli ravishda muddatdan oldin ozod qilindi. Probatsiya guruhi inspektorlari tuman sudiga nazorat ostidagi shaxs qilmishidan pushaymon bo`lgani va to`g`ri yo`lga qaytgani to`g`risida taqdimnoma berdilar. Shu bilan birga, nazorat ostidagi yana bir shaxs ozodlikdan mahrum etish muassasasidan jazo o`tashga hukm qilindi.

Барча янгиликлар

Text to speech