Chet elda o‘qishni va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi
Chilonzor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2021-yilning noyabr oyida 26 yoshli Muhammad F. o‘zining tanishi 24 yoshli Norgul R.ga Polsha oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berishini va’da qilgan. O‘zining “xizmatlari” uchun 4.000.000 so‘m olgan, lekin va’dasini bajarmagan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Oliy o‘quv yurtlarining rasmiy vakolatxonalari orqali kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishingizni so‘raymiz. Firibgarlardan ehtiyot bo'ling.