4 Апрел 2022 йил 2921

Brilliant ko‘zli tilla uzukni o‘g‘irlashda gumon qilinuvchi shaxs qo‘lga olindi

31-mart kuni Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga 53 yoshli Gulnora U. murojaat qilib, noma’lum shaxs uning uyidan 2.000 AQSh dollari qiymatidagi brilliant ko‘zli tilla uzugini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumondor shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. U 40 yoshli Evgeniya K. bo'lib chiqdi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech