4 Феврал 2022 йил 1652

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bolalar bog`chasida YHQ bo`yicha dars o`tdilar

Har hafta juma kuni – yo`l harakati xavfsizligi kunida YTHlar profilaktikasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkaziladi. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bolalar bog`chasi va maktablarga tashrif buyurib, bolalarga yo`llarda xavfsiz harakatlanish qoidalarini o`rgatadilar. Yaqinda Olmazor tumanidagi 449-son bolalar bog`chasida YHQ bo`yicha dars o`tkazildi. Tarbiyalanuvchilar YPX inspektorlari bilan birgalikda o`yin tarzida yo`llarni qaysi qismidan kesib o`tish mumkinligi va qaerdan o`tish taqiqlanganini, svetovor chiroqlari qanday ma’noni anglatishini o`rganishdi. Bolalar olgan bilimlarini maktabgacha ta’lim muassasasining maydonida mustahkamladilar. Bolalarning o`zlari avtosobil haydovchisi, velosipedchi, shuningdek tartibga soluvchi rollarida bo`lishdi.
Bolalar bog`chalari tarbiyalanuvchilari bilan dars o`tkazish bolalarda ko`chadan xavfsiz harakatlanish ko`nikmalarini hosil qiladi, zero yo`l harakati savodxonligiga bolalakidan o`rgatish afzal.

Барча янгиликлар

Text to speech