14 Феврал 2022 йил 1567

Bo`lajak kasb tanlovi

Yaqinda Mirobod tumani IIO FMB va mudofaa ishlari bo`yicha bo`lim xodimlari tumandagi o`rta ta’lim maktablar o`quvchilari uchun harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini o`tkazdilar. Chirchiq shahrida joylashgan harbiy poligonga ekskursiya tashkil qilinib, u yerda o`quvchilar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyatlari bilan tanishdilar. Shuningdek yoshlarga harbiy texnika namoyish etildi. Bolalar o`quv sinflarida ham bo`ldilar. Ular O`zbekiston Respublikasi armiyasining intizomiy Nizomi bilan tanishdilar, ekskursiya yakunida esa armiya tushligi tanovul qilishdi.
Ushbu tadbirlar yosh avlodda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi. Yoshlar bo`lajak Vatan himoyachilaridir, yurtimiz tinchligi kelgusida ularga bog`liq bo`ladi. Mazkur ekskursiya tufayli yoshlarning ba’zilari kelajakda harbiy kasbini tanlashi mumkin.

Барча янгиликлар

Text to speech