12 Феврал 2022 йил 1391

Toshkent shahar IIBB xodimlari “Biz oilaviy ajralishlarga qarshimiz” mavzusida trening o`tkazdilar

Yaqinda Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar “1-Qatortol” mahalla fuqarolar yig`ini faollari, mahalla otinoyi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oilaviy munosabatlarga, ayolning oila va jamiyatdagi o`rniga bag`ishlangan trening tashkil qildilar. Trening faoliyatida mahallaning 20 dan ortiq faol ayollari qatnashdilar.
Tashkilotchilar trening ishtirokchilarini bahsli holatlardan chiqib ketishni, oilaviy kelishmovchiliklarni hal qilishni o`rgatdilar, amaliy mashg`ulotlar o`tkazdilar. Аyollar o`z fikr va mulohazalari bilan o`rtoqlashdilar va mavzuga doir savollariga javob oldilar.

Барча янгиликлар

Text to speech