23 Март 2022 йил 1622

«Biz mustahkam va sog‘lom oila quramiz!»

Yaqinda Yakkasaroy tumani “Qushbegi” MFY idorasi binosida Toshkent shahar IIBB, Yakkasaroy tumani Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari bilan hamkorlikda “Biz mustahkam va sog‘lom oila quramiz!” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda tuman prokuraturasi, tibbiyot bo‘limi, hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ajrim yoqasiga kelib qolganlar, notinch–noqobil, janjalkash, nizoli oilalar bilan ishlash uslublari, odob-ahloq, “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kam ta'minlangan va ishsiz xotin-qizlarni muammolarini hal etish kabi masalalar muhokama etildi.

Seminar yakunida ishitrokchilar ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan suhbat va munozaralar olib borishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech