24 Январ 2022 йил 1847

Birovning baxtsizligiga befarq bo`lma

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarining asosiy maqsadlari – yordam ko`rsatish va qo`llab-quvvatlashdir. Buning uchun ko`pincha bir qator vazifalarni amalga oshirish zarur. Ularning orasidagi eng qiyini – xotin-qizlarning ishonchini qozonish, ularda o`zlariga, o`z kuchlariga bo`lgan ishonchni qaytarish. Shuning uchun xotin-qizlar masalalari bo`yicha inpsektorlar ko`pincha poytaxt IIBB psixologik ta’minot guruhidagi hamkasblariga maslahat uchun murojaat qiladilar. Professional psixologlar doim to`g`ri maslahat berib, og`ir kunlarni boshdan kechirayotgan ayollar bilan ishonchli muloqot o`rnatish yo`llarini o`rgatadilar.
Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-son IIB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektor mayor Munisa Аbdurahmonova yaqinda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari bilan birgalikda “Dilbuloq” mahallasida yashovchi, salomatligi bilan bog`liq muammolari bo`lgan 51 yoshli Svetlana А.ga eski pasportni yangi ID-kartaga almashtirishda yordam berishdi.
35 yoshli Gavhar M.ga ham yordam ko`rsatildi. Gavhar M. mayor M. Аbdurahmonovaga murojaat qilib, turmush o`rtog`i unga psixologik bosim o`tkazayotganidan arz qildi. Holat psixologik ta’minot guruhi mutaxassislari bilan birgalikda o`rganildi. Аyolga himoya orderi berildi.
M. Аbdurahmonova psixologlar bilan birgalikda “Qushbegi” mahallasida yashovchi 27 yoshli Laylo T.ga ham yordam berdilar. Ma’lum bo`lishicha, uning turmush o`rtog`i arzimas sabablar bilan unga zulm qilayotgan ekan. Аyolga himoya orderi berildi va tomonlarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi. Bugungi kunda oila vakillari yarashib olishgan.
Xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektor mahallalarda, tashkilotlarda, o`quv muassasalarida aholi bilan uchrashuv o`tkazishadi. Yaqinda fuqarolarga og`ir ahvolda qolgan xotin-qizlar bilan bog`liq muammolar to`g`risida xabar berish mumkin bo`lgan Markaz va uning “ishonch telefonlari” haqida ma’lumot berildi.
Har bir inson qadrlidir. Birovning baxtsizligiga befarq bo`lmang. 

Барча янгиликлар

Text to speech