13 Апрел 2022 йил 1289

Bektemir tumanida Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Bektemir tumani “Yangi Hayot” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda bosh boshqarmaning mas'ul xodimlari, tuman IIO FMB boshlig‘i, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. Qabulda kommunal hamda tibbiy xizmatga oid, ishga joylashish va boshqa masalalar bilan bog'liq 18 ta murojaat kelib tushgan.
Shuningdek, 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 4 ta muammo yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qolgan barcha murojaatlarni belgilangan muddat ichida o‘rganib chiqish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi. Quvonarlisi, har bir murojaatchining masalalari tinglanib, ularning e'tiroziga sabab bo‘lgan holatlar tahlil qilinib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Барча янгиликлар

Text to speech