Bektemir tumani yoshlari orasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Bektemir tumani mahallalaridagi yoshlar yetakchilari, hamkor tashkilotlar va tuman IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, barkamol avlodni tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Bektemir tumani IIO FMB XPB yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlari va mahalla yoshlar yetakchilari bilan birga yoshlar o‘rtasida "Yosh huquqshunos" tanlovini o‘tkazishdi. Tanlovda Bektemir, Oltintopgan, Yangi Nurafshon, Nurafshon, Iqbol, Yangi Bektemir, Majnuntol, Zilola va Yangihayot mahallalarining yoshlari o‘zaro kuch sinashishdi. Ushbu tadbirda yoshlar huquqiy savodxonligini sinovdan o‘tkazishib, kerakli bilimlarga ega bo‘lishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni “Oltintopgan” mahallasining yoshlari qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.