18 Июн 2022 йил 1497

Befarq boʼlma, biz barcha uchun javobgarmiz

Uchtepa tumani «Guzar» va «Tinchlikobod» MFY fuqarolari bilan mahallalarda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar muhokamasiga bagʼishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman IIO FMB mas'ul xodimlari, mahalla faollari va aholisi hamda jinoyat sodir etishga moyilligi boʼlgan shaxslar qatnashdilar.
Tadbir davomida profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi, mutasaddilar tomonidan jinoyat sodir etilishi sabablari tushuntirildi. Mazkur mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Fuqarolarni befarq boʼlmaslikka, qoʼshnilarga va yordamga muhtojlarga eʼtibor qaratishga chaqirildilar.

Барча янгиликлар

Text to speech