10 Январ 2022 йил 1250

Bedarak yo`qolganlarning qidiruvida ko`mak so`raymiz

1979 yilda tug`ilgan Telichko Tatyana, 2021-yil 19-sentabr kuni dugonasining Yashnobod tumani, Аviasozlar-1 manzili bo`yicha joylashgan uyidan chiqib, bedarak yo`qolgan.

Belgilari: bo`yi 170-175 sm, sochlari qora, ko`zlari jigarrang, bo`ynining chap tomonidan xoli bor.

Kiyimlari: qora ko`ylak, oq shim, qora bosonojka.

 

2005-yilda tug`ilgan Mirsaidova Go`zal Odil qizi, 2021-yil 9-sentabr kuni Yashnobod tumani, Farg`ona yo`li ko`chasi manzili bo`yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo`yi 155-160 sm, sochlari qora.

Mavsumiy kiyim kiygan edi.

 

1989-yilda tug`ilgan Irisqulova Fotima Qudratovna, 2021-yil 3-noyabr kuni Sergeli tumani, Moxichehra ko`chasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo`yi 165-170 sm, sochlari uzun qora, tana tuzilishi o`rtacha.

Kiyimlari: qora kurtka, qora ro`mol.

 

2001-yilda tug`ilgan Nishonov Otabek Ilhomjon o`g`li, 2021-yil 10-dekabr kuni Sergeli tumani, Sergeli-8 mavzesida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo`yi 170-175 sm, sochlari qora, tana tuzilishi o`rtacha.

Kiyimlari: yashil kurtka, yashil shim.

 

Hurmatli fuqarolar! Аgar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to`g`risida ma’lumot bo`lsa, eng yaqin ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqami bo`yicha xabar berishingizni so`raymiz. 

Барча янгиликлар

Text to speech