21 Noyabr 2022 Yil 150

Bayrog‘imiz – g’ururimiz, faxrimiz

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i suverenitet timsoli sifatida yosh avlodni vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, ona yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan Sergeli tumanidagi 68-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Bayrog‘imiz – g’ururimiz, faxrimiz” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviyat va axborot resurs markazi orkestri san’atkorlari bayram konserti bilan yig‘ilganlar oldida chiqish qildi. Konsert dasturi doirasida mobil tezkor otryad xodimlarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida bolalarga maxsus avtomobillar va mototsikllar namoyish etildi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga qarashli 1-sonli Toshkent akademik litseyida ham huddi shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech