14 Феврал 2022 йил 1700

Toshkent shahar IIBB Аxborot multimedia markazi – to`rt yoshda!

Bugun Toshkent shahar IIBB uchun o`zgacha kun – Bosh boshqarma Аxborot multimedia markazi to`rt yoshga to`ldi! Eslatib o`tamiz, Аxborot multimedia markazi mavjud axborot-xizmati negizida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to`g`risida”gi PQ-3528-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Toshkent shahri aholisi va mehmonlari axborot taqdim etish tizimining isloh qilinganlik darajasiga, shuningdek bizning aholi bilan muloqot qilish, muammoli nuqtalarni aniqlash va ularning yechimini izlash bo`yicha sa’y-harakatlarimizga munosib baho bermoqdalar, degan umiddamiz.

Bugun biz barcha hamkasblarimiz – jurnalist va blogerlarni tabriklamoqchimiz. Zero aynan sizning ko`magingiz bilan odamlar Toshkent shahar IIBB, uning xodimlari va faoliyati to`g`risida xabardor bo`lishmoqda.

Bugungi kunda biz nafaqat rasmiy saytimiz orqali, balki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz (Facebook, Instagram), shuningdek rasmiy Telegram-kanalimiz orqali yangiliklarni e’lon qilib kelmoqdamiz. Shuningdek bizning Mover va YouTube sahifalarimiz ham faoliyat yuritmoqda.

IIBB: Аholi bilan muloqot” Facebook-guruhi alohida e’tiborga sazovordir. Ushbu guruh orqali fuqarolarning svetoforlar, yo`l chizmalari, yo`l infratuzilmasi to`g`risidagi iltimoslari amalga oshirildi; qonunchilikdagi o`zgarishlar to`g`risidagi takliflar rasmiylashtirildi va kiritildi, ko`plab tartib-taomillar soddalashtirildi; fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, hujjatlar blanklari, normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartirish kiritish bo`yicha prezentatsiyalar yuklandi.

Biz bilan birgaligingiz uchun va bizni qo`llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur!

 

 

Барча янгиликлар

Text to speech