17 Июн 2022 йил 1047

Avtomobildan o'g'rilikda gumon qilinuvchi shaxs qo'lga olindi

Yunusobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 8-iyun kuni soat taxminan 11.40 larda, noma’lum shaxs, “VAZ-2106” rusumli avtomashina yukxonasi ochiq qoldirilganligidan foydalanib, 47 yoshli Ilhom A.ga tegishli bo‘lgan 3.000.000 so‘m pullarini olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi 48 yoshli Zokirjon S aniqlanib, ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Avtomobilingizni ochiq va qarovsiz qoldirmang.

Барча янгиликлар

Text to speech