5 Апрел 2022 йил 1877

Аvtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxs Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo'lga olindi

1-aprel kuni Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 36 yoshli Qudrat X. murojaat qilib, noma'lum shaxs, eshiklari ochiq va kaliti bilan qarovsiz qoldirilgan “Mercedes-Benz” rusumli avtomashinasini olib qochganligini ma’lum qilgan. Shu kunning o'zida gumonlanuvchi – 41 yoshli Dilshod X. Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qo'lga olindi.

Mazkur holat asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech