17 Март 2022 йил 1709

Avtomashinadan o‘g‘rilik holati bo‘yicha Shayxontohur tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

5-mart kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 33 yoshli Shonosir M. ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:30 larda “Malika” savdo majmuasi yonidagi avtoturargohga “Neхia-3” rusumli avtomashinasini eshiklarini ochiq qoldirib ketganini ma’lum qilgan. Noma'lum shaxs avtomobil egasining yo‘qligidan foydalanib, saloni ichidan pul va mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi 25 yoshli To‘lqin M. bo‘lib chiqdi. Tergov ishlari davom etmoqda.

 

Барча янгиликлар

Text to speech