22 Феврал 2022 йил 2243

Аlohida ehtiyojlari bo`lgan bolalar – mehr va g`amxo`rlikka eng muhtoj bo`lgan bolalardir

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 52-son ixtisoslashtirilgan maktabda alohida ehtiyojlari bo`lgan bolalar tahsil olishadi. Ushbu o`quv muassasasida ta’lim uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek tayanch-harakatlanish apparati bilan bog`liq kasalligi bo`lgan bolalarni uyda o`qitish imkoniyati ham tashkil qilingan. Bunday bolalarni ijtimoiylashtirish jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Buni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ham yodda tutib, mazkur maktab hayotida faol qatnashmoqdalar. Yashnobod tumani IIO FMB boshlig`i podpolkovnik O. Qaymxodjaev harakatlanishda cheklovlari bo`lgan bolalarga maxsus kreslo-aravachalar topshirdi. Endi bolalar o`quv muassasasida tashkil qilingan tadbirlarga kelib, maktabda o`tkaziladigan bayram uchrashularida qatnashish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 

Барча янгиликлар

Text to speech