8 Апрел 2022 йил 1665

Aholi muammolarini samarali hal etish

Yashnobod tumani 3-sektor hududidagi “Shirinobod” MFY binosida “Ma'rifat” va “Shirinobod” mahallalari aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Oybek Kaimxodjaev, tuman xalq qabulxonasi vakili Boqi Alixonov hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdilar.

Tadbirda mazkur mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Oybek Kaimxodjaev “Shirinobod” MFY hududida joylashgan 30-maktabga borib, u yerda va uning atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mazkur mahalla hududida tuman hokimiyati va ichki ishlar organlarining mas'ul xodimlari tomonidan, kam ta'minlangan (oila a'zolaridan birining sog‘lig‘ida muammolar bor) oila uchun, eski va yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan uy o‘rniga yangi uy qurib berish ishlari olib borilmoqda. Sektor rahbari mazkur binoning qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shu bilan birga boshqa yolg‘iz yashovchi qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ham e'tibordan chetda qolmadi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bunday uchrashuvlar aholi o‘rtasida yuzaga kelayotgan masalalarni yanada samarali hal etish imkonini bermoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech