17 Mart 2023 Yil 616

Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari yoshlarni sportga jalb etmoqda

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizning Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘ining tashabbusi bilan uchinchi sektor hududida yashovchi yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Sport tadbiri “Mening mahallamda jinoyatga o‘rin yo‘q” shiori ostida o‘tkazildi. Musobaqalar sportning voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Musobaqalar g‘oliblik uchun murosasiz kurash ruhida o‘tdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari hamda faol ishtirokchilari tuman IIO FMB rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech