16 May 2023 Yil 774

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 11 may kuni taxminan soat 20-30 larda Uchtepa tumani, Chilonzor-23 mavzesida olib borilgan profilaktik tadbir davomida, jamoat transporti bekati oldida turgan avtomashina egasi 1996 yilda tug‘ilgan A.Q. o‘zining xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan. Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u yerda bir dona pichoq borligi aniqlangan. Holat bo‘yicha tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida, fuqaro tuman IIO FMBga taklif qilingan, biroq A.Q. xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, qarshilik ko‘rsatgan vaqtda ular orasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") va 195-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish") bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga yuborilgan.

Xodimning harakatiga baho berish uchun Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ta'minlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech