28 Yanvar 2023 Yil 558

Prezidentning yangi Qarori mazmun-mohiyati Toshkent shahar IIBB JTSB xodimlariga yetkazildi

Kuni kecha poytaxt IIBB JTSB Vaqtincha saqlash hibsxonasi xodimlari bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyozova Prezidentining joriy yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga tushuntirib berdi.

Uchrashuv davomida Qaror talabiga ko‘ra, har bir xodim muloqot madaniyatiga rioya etishi, xizmat kiyimi va telefondan to‘g‘ri foydalanishi, OAV vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kabi qoidalarga rioya etishi shartligi taʼkidlandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech