25 May 2023 Yil 763

Ma'naviyat oyligi doirasida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari uchun madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

Ma'naviyat oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligiga qarashli 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari uchun uch avlod uchrashuvlari, muzeylarga ekskursiya, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobsevarlar bellashuvlarikabi tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Jumladan Toshkent shahar IIBB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati xodimlari tomonidan 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchi qizlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida ayollarni ijtimoiy himoya qilish, ularni xizmat kiyimi bilan ta'minlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish borasidagi turli masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, uchrashuvda o‘quvchi qizlar IIV Akademiyasida mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari, kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va tizimi haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirda mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, litsey o‘quvchilari Toshkent shahar IIBBning “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey xodimlari o‘quvchilarni poytaxt Ichki ishlar organlarining tarixi va bugungi kunidan hikoya qiluvchi boy ekspozitsiya bilan tanishtirdilar, muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar haqida so‘zlab berdilar.

Litsey o‘quvchilarining navbatdagi manzili Toshkent shahar planetariysi bo‘ldi. Ekskursiya davomida o‘quvchilar koinot haqidagi ko‘plab qiziqarli ma'lumotlarni bilib oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech