15 May 2023 Yil 698

IIV 1-sonli Toshkent Akademik litsey o‘quvchilari poytaxt ichki ishlar organlariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bilan tanishishdi

Ma'naviyat oyligi doirasida IIV 1-sonli Akademik litseyi o‘quvchilari poytaxt IIBB da tashkil etilgan “Toshkent shahar IIBB: el-yurt xizmatida” nomli fotoko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar Toshkent shahar ichki ishlar organlarining qariyb bir asrdan ortiq tarixini o‘zida eks ettirgan fotosuratlar bilan tanishishdi. Jumladan, sobiq Ittifoq davrida Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi organlarning tashkil etilishi, ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda IIO faoliyati, mustaqillik yillarida poytaxt ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar, yangi tuzilmalarning tashkil etilishi, ichki ishlar organlarining moddiy-texnik ta'minotidagi o‘zgarishlar, yangi ma'muriy binolarning qurilishi, xizmat jarayoniga zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarining joriy etilishishini o‘zida mujassam etgan rasmlarni ko‘zdan kechirishdi. Bo‘lajak osoyishtalik posbonlari fotoko‘rgazma bilan tanishar ekan, bir olam taassurot olishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech