15 Aprel 2023 Yil 1058

"Dolzarb 15 kunlik" doirasidagi ishlar davom etmoqda

Poytaxtimizda "Dolzarb 15 kunlik" tezkor-profilaktika chora-tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va sotish faktlariga barham berish ishlari davom etmoqda.

Masalan, Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan giyoxvand moddalarni targ’ib qiluvchi resurslarini tarqatish holati aniqlandi. Tezkor-qidiruv boʻlimi xodimlari tuman hududida koʻp qavatli uylar devorlariga giyoxvand moddalarni targ’ib qiluvchi flayerlarni yopishtirib yurgan 29 yoshli Rovshan G.ni qoʻlga oldi. Vaziyatga oydinlik kiritish davomida, erkak o‘tgan yilning oktabr oyida internet orqali ish topgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek,Rovshan kserokopiya bilan shug‘ullanuvchi tanishi, 26 yoshli Zohidjon K. unga har bir varaqni ma’lum bir haq evaziga ko‘paytirishga yordam berganini tan oldi.

Aniqlangan holat boʻyicha bayonnoma tuzilib, qonuniy choralar koʻrildi.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz ushbu shaxslarning giyohvand moddalar graffitisini qoʻllaganiga yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni reklama qiluvchi varaqalar tarqatganiga guvoh boʻlgan bo’lsangiz, 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqamlari orqali xabar bering.

Barcha yangiliklar

Text to speech