24 Avgust 2025 Yil 0

Zahmatli xizmat shunqorlari

Toshkent shahar IIBB YHXB Yo‘l-patrul xizmati brigadasi xodimlari poytaxtimiz yo‘llarida harakatni tartibga solish, avtohalokatlarning oldini olish va kamaytirish maqsadida tun-u kun faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ayniqsa, 2-batalyon 6-safarbar guruhi xodimlarining bu boradagi xizmati alohida e’tirofga munosib.

– Xodimlarimiz asosan Yakkasaroy tumanida xizmat olib borishadi, – deydi 6-safarbar guruhi komandiri mayor Abbas-ali Aliyev. – O‘tgan yil va joriy yilning o‘tgan davrida xizmat hududimizda yo‘l-transport hodi salari sonini keskin kamaytirishga erishdik. Boisi, shaxsiy tarkibimiz xizmat burchiga sadoqatli, fidoyi xodimlardan tashkil topgan. Ular xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli ado etishlarida zamonaviy planshetlar va bodi-kameralar juda asqatmoqda. Umuman, namunali xizmat olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Shu o‘rinda, guruh katta inspektori kapitan Dilshod Kuralov, inspektorlar – serjant Islom Abdullayev, kichik serjant Javohir Gulovlar barcha hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotganini ta’kidlash joiz.

Abu KENJAYEV,
fotomuxbir.
Toshkent shahri.

© Postda – На посту, №34 (4728), 2025-yil 21-avgust

Barcha yangiliklar

Text to speech