4 Iyun 2022 Yil 864

Yunusobodda avtobus haydovchilari va konduktor o‘zaro janjallashib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holatga munosabat bildirib, avtobus haydovchilariga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 1-iyun kuni Yunusobod tumanidagi savdo markazi yonida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida avtobus haydovchilari 31 yoshli T.K., 43 yoshli A.U. hamda 25 yoshli konduktor M.G. o‘rtasidagi dahanaki janjal yuzaga kelgan. Shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan ushbu mojaro to‘xtatilgan.

Ushbu holat yuzasidan avtobus haydovchilari T.K. va A.U.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etilgan.

Bundan oldin Qibrayda ikki yo‘lovchi avtobus poyga o‘ynashi oqibatida ulardan biri Lacetti bilan to‘qnashib ketgani, Sirdaryoda mast holda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketayotgan avtobus haydovchisi ushlangani, Toshkentda telefonda “Forsaj” ko‘rib harakatlangan Isuzu haydovchisiga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech