Esimda, 2007-yilning fevral oyida IIV Akademiyasida «Balli, qizlar» ko‘rik-tanlovi bo‘ldi. Mana, shu voqeaga ham 18 yil bo‘libdi. Tanlovda qatnashganlar o‘rtasida uch tinglovchi qiz bilimi va zukkoligi bilan ajralib turgan edi.
Hakam lar hay’atining qaroriga ko‘ra, tinglovchilar (chapdan) Mohigul Kenjayeva 3-o‘rinni, Altinay Kidirbayeva 2-o‘rinni va Shirin Normatova 1-o‘rinni egallagan edi. Yillar o‘tib, mashaqqatli, ammo sharafli xizmatga yo‘l olgan bu uch dugona hozir yurtimizning turli hududlarida sadoqat bilan xizmat qilmoqda. Uchovi ham podpolkovnik. Jumladan, Mohigul Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Altinay Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lsa, Shirin Toshkent shahar IIBB HPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. Ularning barchasi oilali, shirindan-shakar farzandlarni tarbiyalash bilan birga, katta ofitserlar safida turib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lishmoqda. Inson hayotda o‘z o‘rnini topib, munosib kasbga erishishi uchun tirishqoqlik bilan harakat qilsagina shu darajaga yetadi. Binobarin, ichki ishlar organlarida To‘marisga izdosh, kasbiga, Vataniga sodiq xodimalarni ko‘plab uchratish mumkin.