Zokirjon akasi – Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi, katta serjant Farrux Absattarovga havas qilib, o‘zi orzu qilganidek egniga ichki ishlar organlari formasini kiyishga musharraf bo‘ldi. Hozirda u Bektemir tumani IIOFMB JTSB PPX otryadi inspektori.
Endigina xizmatni boshla ganida unga otryadning guruh rahbari, katta serjant Bahrom Begmatov murabbiylik qildi. Uning va hamkasblari ning o‘gitlariga amal qilib kam bo‘lmadi. Xususan, joriy yil boshidan buyon 3 ta – 2 ta giyohvand lik vositasi bilan bog‘liq va 1 ta o‘g‘rilik jinoyatini «issiq izida» fosh etishda bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, «Tig‘» profilaktik tadbiri doirasida 8 ta holatda sovuq qurollarni bemaqsad olib yurgan fuqarolarni aniqlab, tegishli tarzda qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli organlarga topshirdi. Safdor Z. Absattarovning kelajakdagi orzulari va maqsadlari katta. U hozirda ISFT (International School of Finance Technology and Science) institutining pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olmoqda. Oliy o‘quv yurtini tamomlab, ofiser sifatida faoliyatini davom ettirish.