Toshkent shahri Uchtepa tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida asosan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi shaxs guvohnomasi, ya’ni ID-karta berish, eski namunadagi pasportlarni yangisiga almashtirish, fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatga olish kabi xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj, keksa hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarga hech qanday ovoragarchiliklarsiz xonadonining o‘zida ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirib berilmoqda.
Leytenant Soibjon Asqarov bo‘limning jonkuyar va mas’uliyatli xodimlaridan hisoblanadi. U biz bilan suhbatda o‘z uylarida xorijiy fuqarolarga noqo nuniy ravishda yashash sharoiti yaratib bergan fuqarolar ham uchrab turayotgani haqida to‘xtadi. Bunga ayrim misollar kel tirar ekan, bunday holat uy egalarini javobgarlikka olib kelishi, ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar qo‘lla nishiga sabab bo‘lishini ta’kidladi.
– Shu o‘rinda ularga aytadigan so‘zim: mo‘may daromad ilinjida yashirin ravishda amalga oshirayotgan noqonuniy ishingiz ertaga o‘zingiz yoki jamiyatimiz uchun nima keltirishini bilmaysiz-ku. Nahotki, qing‘ir yo‘l bilan topgan foydangiz sizga huzur bersa?! – deydi u.
Lavhamiz qahramoni nafaqat fidoyi xodim, balki namunali oila boshlig‘i ham. U shirindan shakar uch nafar farzandning mehribon otasi, turmush o‘rtog‘i uchun suyanch va qo‘llab-quvvatlovchi hamrohdir.