11 May 2023 Yil 438

Tarbiyalanuvchilar xavfsizligi uchun

Yo‘llarda to‘g‘ri harakatlanish inson hayoti uchun muhim sanaladi. Ayniqsa, bu jara yonda bolajonlarning bilimini oshirish, ularni yo‘l qoidalari bilan yaqindan tanishtirib borish yanada ahamiyatli. Bu esa o‘z-o‘zidan bolalar bilan bog‘liq yo‘l harakati hodisalarining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy yilning 4-may kuni Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida ham «Hayoting xavfsizligi – o‘z qo‘lingda» mavzusida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tarbiyalanuvchilar o‘rtasida qiziqarli mashg‘ulot tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB 3-batalyon safarbarlik guruhi inspektori, safdor D.Ubaydullayev tarbiyalanuvchilarga avtomobil yo‘llari va ulardagi yotiq chiziqlar, yo‘llarda harakatlanish qoidalariga rioya etish, yo‘l belgilarini ajratish bo‘yicha barcha uchun zarur birlamchi ma’lumotlarni aytib o‘tdi.
Savol-javob tarzida o‘tgan ushbu tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar faol qatnashdi, chorrahalardan o‘tishda yo‘l harakati qatnashchilarinig xatti-harakatlari teatrlashtirilgan tarzda ko‘rsatildi.

© POSTDA – На посту

Barcha yangiliklar

Text to speech