Men Toshkent shahar Olmazor tumani IIOFMB kadrlar bilan ta’minlash guruhi inspektori lavozimida faoliyat olib boraman. Sohada xizmatni boshlaganimga endigina 2 yil to‘ldi. Men sohaning sir-asrorlarini ustozlarim katta serjant O‘tkir Sobirov va Chilonzor tumani IIOFMB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Otabek Normamatovdan o‘rgandim. Ustozlarimdan olgan bilim va tajribalarimni amaliyotda qo‘llab kelmoqdaman.
Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki, bilimimni boyitishda kitoblar va IIV nashrlari – «Postda–На посту» gazetasi hamda «Qalqon–Щит» jurnali beminnat ko‘makchi bo‘lyapti. Nashrlarning har bir sonini intiqlik bilan kutaman, o‘qib chiqqach, uyimga olib boraman.
Turmush o‘rtog‘im Nilufarxon Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi. Shu bilan bir qatorda, endigina bir yoshga to‘lgan qizalog‘imiz Madinaxonning tarbiyasi bilan band. U ham sevimli gazeta va jurnalimizni mutolaa qilishni kanda qilmaydi. Qiziqarli maqolalarni o‘zaro muhokama ham qilamiz. Ayolim she’r ham mashq qilib turadi. She’r yozdi deguncha, birinchi bo‘lib menga o‘qib beradi. Shu paytgacha u «Otajonim», «Kitob», «Vatanimiz harbiylari», «Posbonlar», «Ona», «Yorim», «Boringizga shukur, otajon!», «Vatanim» va «Ustoz» kabi she’rlar yozgan. Quyida uning she’rlaridan birini sizlarga ilindim.
Islom MIRZAAHMЕDOV, katta leytenant. Toshkent shahri.