«Payshanba – Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» Shayxontohur tumanida ham muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, tuman IIOFMB 3-sonli IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik G. Ishonxonova, profilaktika inspektori, katta leytenant J. Jo‘raev hamda «Shayxontohur» mahallasi faollari bilan hamkorlikda oziq-ovqat do‘konlari va kafelarda plastik kartalardan noqonuniy pul mablag‘lari yechilishining oldini olish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.