11 Dekabr 2025 Yil 0

16 kunlik kampaniya boshlandi

Har yili 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunidan boshlab 10-dekabr – Inson huquqlari kuniga qadar dunyo bo‘ylab «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» global kampaniyasi o‘tkaziladi.

Mazkur tashabbus doirasida joriy yil BMT tomonidan kampaniya «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!» mavzusida tashkil etilmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu global tashab bus an’anaviy ravishda qo‘llab-quvvatlanib, mamlakat miqyosida turli yo‘nalishlardagi tadbirlar va muloqotlar orqali keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladi.
Xotin-qiz larning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masa lalari bo‘yicha res publika komissiyasi boshchiligida, BMT tuzilmalari hamkorligida «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!» kampaniyasiga start berildi.
Kampaniya doirasida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha mamlakatning barcha hududlarida turli tadbirlar, muloqot maydonlari, o‘quv seminarlari va axborot kampaniyalari o‘tkaziladi.

Suratda: Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar.

© Postda – На посту, №48 (4742), 2025-yil 27-noyabr

Barcha yangiliklar

Text to speech