16 Dekabr 2025 Yil 0

«Zahri qotil» qutqusi

Shu aziz Vatanda yashayotgan har bir fuqaro, har bir oila, butun jamoatchilik giyohvandlik balosiga qarshi kurashning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozim. Ayniqsa, yoshlar bilan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, profilaktik choralarni kengaytirish, aholini bunday xatarlardan himoya qilishda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tadbirlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu tadbir doirasida joriy yilning noyabr oyida IIV, poytaxt IIBB va DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida 25 kilogramdan ortiq giyohvandlik vositalari, jumladan, 18 kilogramm 692 gramm sintetik va 4749 dona psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

Ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir jinoyatchilik va «zahri qotil» qutqusiga qarshi qat’iy va birgalikdagi harakatning yaqqol ifodasidir. Poytaxtimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasidagi tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz

© Postda – На посту, №50 (4744), 2025-yil 11-dekabr

Barcha yangiliklar

Text to speech