9 Fevral 2024 Yil 689

Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida poytaxt IIBB tashabbusi bilan Toshkent shahar Hokimiyati hamda Bandlik Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda "Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!" shiori ostidagi loyiha boshlandi.

Loyiha davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan oilalarga psixologik, tibbiy, huquqiy, biznes maslahatlar, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazish, ularning xulq-atvorini o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Loyiha zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar markazida amalga oshiriladi.

Siz ham ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining  http://t.me/Sizhimoyadasiz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar

Text to speech