20 Sentyabr 2025 Yil 542

Jinoyatga jazo muqarrar — Bektemir tumanida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Bektemir tumani "Rohat" mahallasida mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla raislari va faollari, shuningdek, tuman IIO FMB mas’ul xodimlari ishtirokida navbatdagi jinoyat muhokamasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i U. Ag‘zamxo‘jayev boshchiligida tuman hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar holati atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, jinoyatchilikning oldini olish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida, ayniqsa, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli sport va madaniy to‘garaklarga, kasb-hunar o‘rganishga jalb etish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur yig‘ilishda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi muqarrarligi yana bir bor ta’kidlandi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla va jamoatchilik faolligining ahamiyati alohida qayd etildi.

© Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech