15 May 2025 Yil 482

Jinoyat sabablari va oqibatlari muhokama qilindi

Joriy yilning 11 may kuni poytaxtning Uchtepa tumani IIO FMB ga ikki nafar shaxsning o‘tkir tig‘li jismdan olingan tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgani haqida xabar kelib tushdi. Holat bo‘yicha tezkor-surishtiruv ishlari olib borilishi natijasida shu kuni soat taxminan 03.00 larda 1996 yilda tug‘ilgan I.D hamda 2004 yilda tug‘ilgan T.B.lar Uchtepa tumanida joylashgan qahvaxonalardan birida notanish yigitlar bilan o‘zaro gap talashib qolishganligi aniqlandi. Nizolashuv oqibatida gumonlanuvchilar: 2004 yilda tug‘ilgan Z.N, 2005 yilda tug‘ilgan K.M., 2003 yilda tug‘ilgan M.B. hamda 2002 yilda tug‘ilgan M.K.lar tomonidan jabrlanuvchilarga tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Uchtepa tumani IIO FMB binosida boshqarma rahbariyati, tergov, profilaktika inspektorlari, sohaviy xizmat xodimlari, tumandagi tungi klublar, ko‘ngilochar maskanlarning mas’ullari, muqaddam sudlangan shaxslar ishtirokida mazkur jinoyatning muhokamasi hamda sayyor sud bo‘lib o‘tdi.
Muhokama jarayonida qayd etilishicha, ushbu tungi klubda 12 may kuni ham mayda bezorilik holatlari sodir etilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda mayda bezorilik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo tayinlandi.
Muhokamada har ikki holat bo‘yicha yig‘ilganlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Yig‘ilishda ishtirok etgan “Qo‘riqlash” bo‘limining mutaxassislari ko‘ngilochar maskanlarni qo‘riqlov pultiga ulash, uning afzalliklari, qo‘riqlov xizmatining qulayliklari haqida ma’lumot berib, xizmatda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bino va inshootlar, mol-mulklarning ishonchli va kafolatli qo‘riqlovini ta’minlashi ta’kidlandi

Barcha yangiliklar

Text to speech