Bundan bir necha kun oldin Toshkent shahar IIBB tomonidan og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslar qidirilayotganligi haqida eʼlon berilib, ular haqida biror maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslardan amaliy yordam berishlari yuzasidan aholiga murojaat qilgan edik. Zero, xalqimiz orasida o‘zining fuqarolik burchiga sodiq bo‘lgan, jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipi amalga oshirilishiga o‘z hissasini qo‘shadigan ko‘plab fuqarolarimiz borligi quvonarli holatdir. Ana shunday masʼuliyatli fuqarolarimizdan biri bo‘lgan A.N. jinoyat sodir etgan qidiruvdagi T.Pattayevni ushlashda ichki ishlar organlariga amaliy yordam ko‘rsatib, qonun ustuvor bo‘lgan davlatimizda adolat taʼminlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida poytaxt IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov hamda IIV JIED boshlig‘i polkovnik Rustam Tursunov tomonidan o‘zining fuqarolik burchiga vijdonan yondashib, og‘ir jinoyat sodir etgan shaxsni ushlashda amaliy yordam ko‘rsatgan fuqaro G.S.ga tashakkurnoma eʼlon qilindi va moddiy rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tergov va sud idoralaridan qochib yashiringan t.Pattayevni ushlagan Bektemir tumani IIO FMB 2-sonli IIB boshlig‘i mayor Nurjigit Abdukarimov, profilaktika inspektorlari kapitan Baxrom Chinibayev va kapitan Ilxomjon Nig‘matovlarga bosh boshqarma boshlig‘i general-mayor A.Tashpulatov va polkovnik R.Tursunov tomonidan tashakkurnoma eʼlon qilinib, esdalik sovg‘alari va pul mukofoti topshirildi.